• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

«Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish — eng muhim vazifa» mavzusida tadbir o‘tkazildi

NamMQI talabalar turar-joyida Energetika va mehnat muhofazasi fakulteti talaba–qizlari ishtirokida «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish — eng muhim vazifa» mavzusida tadbir o‘tkazildi

Tadbirda Furqat mahalla fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nozimaxon Dadamirzaeva, «ALFA-MED» xususiy klinikasi akusher-ginekologi Dilfuzaxon Otamirzaevaning chiqishlari tinglandi.

Ma'ruzalar jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash, gender tenglikni ta'minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish, ayollar ta'lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab–quvvatlashga masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbir yakunida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.

  • Share :