• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalar turar-joyida viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining talabalar bilan muloqoti tashkil etildi

Ushbu muloqot yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot tadbirlari doirasida o‘tkazildi.

Unda YHXB katta inspektori Rivojiddin Qodiraliev, NamMQI profilaktika inspektori Vohidjon Abduqodirov, institut ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i Dadaxon Dadaboev va Sanoatni axborotlashtirish fakul'teti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Nozimjon Ortiqov ishtirok etdi.

Yoshlar, xususan, talabalar o‘rtasida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar va jonli misollardan so‘ng talabalarning mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar berildi.

NamMQI media markazi

  • Share :