• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalari Pop tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etayotgan korxonada amaliyotini boshladi

Joriy yil 22-iyun kuni institut rektori boshchiligida mutasaddilar Pop tumanida quyosh fotoelektr stansiyasini barpo etayotgan “Next Solar Energy Group” xorijiy korxonasida boʻlgan va ushbu korxona bilan hamkorlik shartnomasi imzolangandi.  (https://t.me/NamMQI_rasmiy/27500)

Mazkur shartnomaga muvofiq iyul oyi boshidan institutning Energetika va mehnat muhofazasi fakultetining bir guruh talabalari korxonada amaliyotini boshladi. Ularga fakultet dekani, kafedra mudirlari hamrohlik qildi.

Jarayonlar boshlanishidan avval korxona vakillari talabalar bilan suhbatlashib, texnika xavfsizligi qoidalari, ish yuritish tartiblarini batafsil tushuntirdi.

Qayd etish joizki, amaliyot davomida talabalar oziq-ovqat va joy bilan taʼminlanishi hamda ularga belgilangan miqdorda mablagʻ toʻlanishi koʻzda tutilgan.

  • Share :