• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabalari Rossiyaning "KAMAZ" zavodiga amaliyot o‘tash uchun jo‘nab ketdi

NamMQI Mashinasozlik fakulteti "Texnologik mashinalar va jihozlar" hamda "Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jixozlash va avtomatlashtirish" ta'lim yo‘nalishlarining 15 nafar talabasi Rossiyaning Qozon shahrida  joylashgan "KAMAZ" zavodiga o‘quv tanishuv amaliyotini o‘tash uchun jo‘nab ketdi.

Talabalarimiz 15 kun davomida ushbu zavodda bo‘lib, nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 Talabalarni Farg‘ona aeroportidan NamMQI mutasaddilari oq yo‘l tilab, kuzatib qo‘ydi.

  • Share :