• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabasi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi!

Xabaringiz bor, joriy yil 22-23 may kunlari Ulug‘bek jamg‘armasi, Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Innovasion rivojlanish agentligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalari ham faol ishtirok etdi. Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 3-bosqich talabasi Diyorbek Jumaboyev final bosqichida o‘zining «Qutqaruvchi robot» loyihasi bilan muvaffaqiyatli qatnashib, g‘oliblar safidan joy oldi.

Talabamiz g‘olib sifatida tanlov diplomi va pul mukofoti bilan taqdirlandi. Tabriklaymiz!

  • Share :