• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabasi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketdi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida mamlakatimiz sportchilarini Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlariga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Ushbu musobaqalarda o‘zbekistonlik 350 nafardan ortiq sportchi 32 ta olimpiya va 6 ta noolimpiya sport turidan qatnashadi.

Quvonchli tomoni shundaki, Osiyo o‘yinlarida  ishtirok etadiganlar orasida Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 4-bosqich talabasi, o‘q otish sport turi ustasi Muhammadjon Kamalov ham bor. 

Biz talabamizga musobqalarda omad va Parij-2024  Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishini tilab qolamiz!

  • Share :