• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI talabasining kitobi Yevropada o‘zbek tilida chop etildi

Namangan muhandislik-qurilish instituti Transport fakulteti 4-bosqich talabasi, Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Oyshaxon Qodirovaning «Bionika va tabiat» nomli risolasi Yevropadagi «Globe Edit»  nashriyotida o‘zbek tilida chop etildi.

Risolaga dosent Abduqayum Normirzaev muharrirlik qilgan.

Ushbu kitob «Amazon» va «More Books»  xalqaro onlayn bozorlarida 42 dollardan sotuvga qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq talabaning «Bionika» nomli kitobi Germaniyaning «Lambert» nashriyoti tomonidan chop etilgandi.

  • Share :