• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI va “Nammotors” korxonasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Namangan muhandislik-qurilish instituti va “Nammotors” brendi bilan tanilgan “Nam Motor Servis” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum oliy taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirish, institut professor-oʻqituvchilari ixtirolari va ishlanmalari hamda laboratoriyalardan foydalanish, talabalar amaliyoti va kelgusida ishga joylashuvini yoʻlga qoʻyish, korxona oʻquv xonasini tashkil etish kabi koʻplab yoʻnalishlarni qamrab oladi.

Hujjat institut rektori Sharifjon Ergashev va korxona rahbari Sobirjon Normirzayev tomonidan imzolandi.

NamMQI media markazi

  • Share :