• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari Chortoq tumanidagi maktablar mutasaddilari va bitiruvchilari bilan uchrashdi

Tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkazilgan tadbirni institut matbuot kotibi Azizbek Abduvaliyev olib bordi. Ishtirokchilar uchun institut haqidagi roliklar namoyish etildi, bukletlar taqdim etildi.

Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov  taqdimoti davomida institut salohiyati, reytinglardagi oʻrni, fakultet va yoʻnalishlar haqida tushunchalar berdi.

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti dekani Ilhomjon Sayfullayev tuman maktablari bilan uzviy aloqalar oʻrnatilgani va bu hamkorlik davom ettirilishi haqida soʻz yuritdi.

Prezident va davlat stipendiyalari sohiblari, tumandan etishib chiqqan ilg'or talabalar, “Qalqon” guruhi aʼzolari erishgan natija va yutuqlari haqida hikoya qildi.

Ihtisoslashtirilgan maktab direktori Baxtiyor Sarmanov bu kabi tadbirlar bitiruvchilarga kuchli motivasiya berishini taʼkidladi va institut jamoasiga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.

  • Share :