• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari “Farg‘ona vodiysida fan va texnologiya” ilmiy konferensiyasida faol ishtirok etmoqda

Namanganda o‘tkazilayotgan va Fanlar akademiyasi tashkil etilganining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Farg‘ona vodiysida fan va texnologiya” ilmiy konferensiyasi bugun o‘z ishini Namangan muhandislik-texnologiya institutida davom ettirdi.

Akademiya prezidenti Behzod Yo‘ldoshev boshchiligidagi mehmonlar dastlab institut tadqiqotchilari tomonidan tayyorlangan loyiha va ishlanmalar bilan tanishdi, talabalar bilan muloqotda bo‘ldi. 

Shundan so‘ng boshlangan konferensiya davomida Farg‘ona vodiysida fan va texnologiyani rivojlantirish masalalari faol muhokama qilinib, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samarasi, taklif etilayotgan loyihalarning mazmun-mohiyati, mavjud muammolarga ilmiy yechim topishga qaratilgan ma'ruzalar anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi.

Anjuman ishida NamMQI rektori Sharifjon Ergashev boshchiligidagi institut vakillari ham faol ishtirok etmoqda.

 

NamMQI media markazi

  • Share :