• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari Hindiston kompaniyasi bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib bordi

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro sanoat ko‘rgazmasida NamMQI Muhandislik kommunikasiyalari fakul'teti dekani o‘rinbosari Muzaffar Dadamirzaev hamda Muhandislik kommunikasiyalari qurilishi va montaji kafedrasi mudiri Sherali Jo‘raev ishtirok etmoqda.

Vakillarimiz ko‘rgazmada Hindistonning SSP PVT LIMITED kompaniyasi ta'sischi va rahbari Suvra Chakraborti bilan oziq-ovqat texnologiyalari va sanoat chiqindi suvlarini tozalash yo‘nalishida hamkorlikni nazarda tutuvchi  shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Shartnomadan institut talabalarining kompaniyada ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, korxona mutaxassislari ishtirokida master-klasslar o‘tkazish, ilmiy laboratoriyalardan foydalanish, hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish va stajirovkalarga yuborish kabi yo‘nalishlar ham o‘rin olishi rejalashtirilgan.

  • Share :