• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari viloyat tadbiriga taklif etildi

8-mart – xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida viloyatimizning bir guruh faol ayollari Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasiga taklif etildi.

Uzoq yillar turli sohalarda fidoyi mehnat qilib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriy onaxonlar, davlat xizmatchilari, ijtimoiy sohalar vakilalari, tadbirkor opa-singillarimiz “bir piyola choy” bahona eʼzozlandi.

Ular safida Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Salomatxon Karimbayeva va Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Rahimaxon Botirova ham bor edi.

  • Share :