• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari «Yangi nafas» ommaviy yugurish marofonida faol qatnashdi

30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan «Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda birga yuguramiz» shiori ostida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Erta tongdan boshlangan «Yangi nafas» ommaviy yugurish marafoni ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, 4500 mingdan ziyod ishtirokchilar Namangan shahridagi Temir yo‘l shoh bekatidan «Uch favvora» hiyobonigacha bo‘lgan 3 kilometrlik hamda 1.5 kilometrlik masofani bosib o‘tdi.

Ishtirokchilar orasida yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan yugurish ixlosmandlari bor edi. Jumladan, NamMQI professor-o‘qituvchilari va talabalari ham musobaqada faol ishtirok etib, institut sharafini munosib himoya qildi.

NamMQI media markazi

  • Share :