• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari «Yangi O‘zbekiston: ilm qaldirg‘ochlari-2023» ko‘rik tanlovi va konferensiyasida ishtirok etdi

Jizzax politexnika institutida «Yangi O‘zbekiston: ilm qaldirg‘ochlari-2023» ko‘rik tanlovi va konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda institut vakillari, xususan,  Qurilish materiallari va buyumlari kafedrasi professori Adhamjon Hamidov va bir guruh talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, «Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi)” nominasiyasi bo‘yicha Qurilish fakul'teti talabasi, Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi Ahmadjon Muxtorjonov faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari fakul'tetning iqtidorli talabalaridan Mirabbos Mehmonaliev va Nabijon Valiev faol ishtiroki uchun Knauf  korxonasi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

  • Share :