• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI xotin-qizlar maslahat kengashi raisi «XXI asr ayoli» festivalida ishtirok etdi

Samarqand shahridagi yoshlar markazida «Ilmli ayol jamiyat ko‘zgusi» shiori ostidagi «XXI asr ayoli» xotin-qizlar festivali bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan festivalda respublikaning barcha viloyatlaridan oliy ta'lim muassasalari xotin-qizlar maslahat kengashi raislari, olima ayollar, senatorlar qatnashdi.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva  tadbir ishtirokchilariga videomurojaat yo‘llab, olima ayollarning jamiyatdagi o‘rni borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Mazkur festivalda Namangan muhandislik-qurilish institutining xotin-qizlar maslahat kengashi raisi  Sohibaxon Otamirzayeva ham ishtirok etdi.

  • Share :