• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash mavzusidagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Tadbirni institut yoshlar ishlari va ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo‘yicha prorektori Odiljon Jakbarov ochdi va olib bordi. 

 

Muloqotga ekspert sifatida taklif etilgan “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi xodimi Otabek Hasanov odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalar ekan, o‘tkazilayotgan profilaktik suhbatlar, keng ko‘lamdagi targ‘ibot-tashviqotga qaramay, bu illatlarga aldanib qolayotganlar, xususan, yoshlar oz emasligiga e'tibor qaratdi. 

 

Mo‘may pul topish ilinjida xorijga yo‘l olayotgan va u yerga borgach, odam savdosi va majburiy mehnat ko‘rinishlariga duch kelayotgan hamyurtlarimizning taqdiri bu boradagi faol sa'y-harakatlardan aslo to‘xtamaslik zarurligini anglatadi. Otabek Hasanov odam savdosi va majburiy mehnat ko‘rinishlari bilan bog‘liq holatlardan aniq misollar keltirib o‘tdi. 

 

Tadbirda talaba-yoshlarning bu boradagi savollariga batafsil javoblar berildi. 

 

NamMQI media markazi

  • Share :