• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda professor-oʻqituvchi ayollar oʻrtasida “Zakovat” oʻyini boʻlib oʻtdi

Namangan muhandislik-qurilish institutida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan professor-oʻqituvchi ayollar va xodimalar oʻrtasida “Zakovat” oʻyini boʻlib oʻtdi

Ushbu oʻyinda jami 6 ta jamoa ishtirok etdi. Ular til, tarix, adabiyot, gender tengligi va urf-odatlarga oid koʻplab savolarga javob izlashdi.

Qizgʻin bahslar ostida oʻtgan oʻyin natijalariga koʻra Sanoatni axborotlashtirish fakultetining “Smart” jamoasi birinchi, Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining “Nafosat” hamda Mashinasozlik fakultetining “Evrika” jamoalari ikkinchi, “Rektorat qizlari” jamoasi esa uchinchi oʻrinni egalladi.

Gʻoliblarga institut rektorining darajali diplomlari hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

  • Share :