• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda Wikitargʻibot

Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoʻlga qoʻyilgan WikiStipendiya loyihasining navbatdagi turi uchun targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Targʻibot uchrashuvida birinchi prorektor Odiljon Jakbarov, rektor maslahatchilari Abdurahmon Shokirov, Diyorbek Soataliyev, loyiha tashkilotchilaridan biri, oliygohning sobiq bitiruvchisi Shohjahon Sobirov va bir guruh talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Targʻibot tadbiri davomida loyihaning yangi mavsumi, ishtirokchilar uchun qoʻyiladigan talablar va gʻoliblar erishishi mumkin boʻlgan yutuqlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga masʼuldan atroflicha javob olishdi.

Tadbir yakunida oliygoh hayotiga befarq boʻlmaganligi, yoshlarning bilim va koʻnikmalarini oshirishdagi jonbozligi uchun tashkilotchi rahbariyat tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

  • Share :