• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQIda “Xonatlas festivali” bo‘lib o‘tdi

Namangan muhandislik-qurilish institutida mamlakat miqyosida o‘tkazilayotgan “Xonatlas festivali” munosabati bilan milliy liboslar kuni bo‘lib o‘tdi.

Transport fakulteti majlislar zalida o‘tkazilgan tadbirda institutning 7 ta fakul'teti vakillari bo‘lgan talaba qizlar atlas, adras va boshqa milliy liboslarda namoyon bo‘ldi. Ular o‘zbekona qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan chiqishlarni yig‘ilganlar hukmiga havola qildi.

Tadbirda institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov, xotin-qizlar kengashi raisi Sohiba Otamirzaeva ishtirok etdi va festivaldagi faol ishtiroki uchun ayol professor-o‘qituvchilar va talaba-qizlarga minnatdorlik bildirdi.

NamMQI media markazi

  • Share :