OLIY MATEMATIKA KAFEDRASI
Kafedra haqida
Oliy matematika kafedrasi 1980yil tashkil etilgan bo’lib, hozirgi kunda Respublikamiz rivoji uchun turli sohada yetuk muhandis kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib kelmoqda. Bugunngi kunda kafedrada 2 nafar fan doktori, 6 nafar fan nomzodlari, 4 nafar katta o’qituvchilar, 10 nafar o’qituvchi, 1 nafar kabinet mudiri faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Kafedra jamoasi institutning barcha ta’lim yo’nalishi talabalariga “Oliy matematika” fanidan dars beradi. Ilmiy salohiyat 37 foizni tashkil qiladi. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan so’ngi yillarda 100 dan ortiq dunyoning nufuzli jurnallarida ilmiy maqolalar , shuningdek, 3 ta monografiya, 2 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanma chop ettirilgan.
Kafedrada “Differensial tenglamalarning klassik va noklassik masalalari” bo’yicha ilmiy maktab mavjud bo’lib, u 2017 yilda tashkil etilgan. Ilmiy maktabga professor Yu.Apakov rahbarlik qiladi. Unda 10 dan ortiq yoshlarilmiy faoliyat olib bormoqdalar. Hozirga qadar 1 ta fan nomzodi himoya qildi (PhD) va 1 ta fan doktori himoya qilish arafasida.
Kafedra fakultet miqiyosida o’tkazilayotgan ma’yaviy-marifiy tadbirlarda ham faolishtirok etib kelmoqda. Xususan Prezident qarori bilan tashkil etilgan: “Bir mahallaga-bir ziyoli loyihasi” asosida biriktirilgan mahalalarda ma’naviy–ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.
Kafedra tasarrufidagi 315 va 321- xonalar ma’ruza va 320, 323, 328-xonalar amaliy mashg’ulotlar uchun mo’ljallangan bo’lib, kafedrada “Differensial tenglamalarning klassik va noklassik masalalari” nomli ilmiy seminar 318- xonasi tashkil qilingan bo’lib, yoshlarni ilim bilan shug’ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
OLIY MATEMETIKA KAFEDRASINING ILMIY TADQIQOT ISHLARI
Oliy matematika kafedrasida matematikaning xususiy hosilali differensial tenglamalar, ehtimolliklar nazariyasi va matematika o’qitish metodikasi yo’nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Kafedra a’zolaridan V.Xodjibayev, I.Sheraliyev, O.Jurayevlar ehtimolliklar nazariyasidan izlanish olib boradilar. V.Xodjibayev 1999 yilda ehtimolliklar nazariyasining chegaraviy masalalari sohasi bo’yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U 2000-2009, 2017-2018 yillarda ToshDU qoshidagi doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo’yicha Birlashgan ixtisoslashgan kengash a’zosi bo’lgan. 5 ta doktorlik, 10 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalariga opponentlik qilgan. Uning rahbarligida 1 ta nomzodlik dissertatsiyasi (A.Ataxo’jayev, 2010 y.) himoya qilingan. 30 dan ortiq ilmiy maqolalari chet el nufuzli ilmiy jurnallarida chop etilgan.
Kafedra azolaridan Yu.Apakov, O.Egamberdiyev, Z.Qodirov, N.Turg’unov, I.Gafarov, B.Jamalov, B.Irgashev, A.Jo’rayev, A.Xamitov, D.Meliqo’ziyeva, Sh.Xasanov va X.Ibroximovlar xususiy hosilali differensial tenglamalar va ularga chegaraviy masalalar nazariyasi bilan shug’ullanadilar.
Yu.Apakov uchinchi tartibli karrali xarakteristikali tenglama yuzasidan olib borgan izlanishlari natijasida 2016 yilda f.-m.f.d. ilmiy darajasiga erishdi. U tomonidan hozirga qadar 192 ta, shu jumladan 19 tasi impakt-faktorli jurnallarda maqola chop etilgan. Yu.Apakov Google scholar saytida220 ta ixtiboslikga va 10-h-index ga ega, Scopus.comsaytida esa 52 ta ixtiboslik va 4-h-index ga ega.
Kafedra doktoranti B.Yu.Irgashevda hozirga qadar Google scholarsaytida 62 ta ixtiboslikga va 5-h-index ga ega, Scopus.comsaytida esa 16 ta ixtiboslik va 2-h-index ga ega.
Yu.Apakov va B.Irgashevlar Farg’ona davlat universiteti xuzuridagi PhD.03/30.12.2019.FM.05.04 raqamli ilmiy kengash va ilmiy seminara’zolari sanaladi.
Prof. Yu.Apakov tomonidan “Differensial tenglamalarning klassik va noklassik masalalari va ularning tatbiqlari” nomli ilmiy seminar tashkil etilgan. Seminarda OshDUdan U.Moldayarovning nomzodlik dissertatsiyasi yetakchi tashkilotsifatida muxokama qilingan va taqriz berilgan. Seminar juma kuni 14-30 da (2/318) xonada o’tkazilib, unda kafedra a’zolari, doktorant va tayanch doktorantlar hamda NamDU professor o’qituvchilari, magistrlari ishtirok etadilar.
Yu.Apakov rahbarligida A.Jo’rayev fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)ishini 2020 yilda himoya qildi, B.Irgashev fan doktori (DSc)dissertatsiyasi va S.Mamajonov falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi ustida ishlamoqdalar.
Rossiya FA Kabardin-Balkar bo’limi “Matematika va avtomatizatsiya” ilmiy tekshirish instituti bilan 2018-2023, Qirg’iziston respublikasi Osh davlat universiteti bilan 2021-2026 yillar uchun ilmiy hamkorlik shartnomalarituzilib, ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Kafedra a’zolaridan Sh.Karimova, X.Po’latova va A.Raxmonov matematika o’qitish metodikasi bo’yicha izlanish olib bormoqdalar.
Chop etilgan darslik, o’quv qo’llanma va monografiyalar
Darslik
1. Yu.P. Apakov, B.I.Jamalov, A.M.To’xtaboev “Oliy matematikadan misol va masalalar” 1-2-jild. (O’quv adabiyotini nashr ruxsatnomasi: № 676-011, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi, 2020 yil 28 dekabrdagi № 676 buyrug’i) Nashr etish uchun topshirilgan.
2. Yu.P. Apakov, “Oliy matematika” 1-jild. (O’quv adabiyotini nashr ruxsatnomasi: № 500-011, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi, 2021 yil 23 noyabrdagi № 500 buyrug’i) Nashr etish uchun topshirilgan.
O’quv qo’llanmalar
1. Yu.Apakov, N.Turg’unov, I.Gafarov “Oddiy differensial tenglamalardan misol va masalalar to’plami” 2009 yilda chop etildi va “Yilning eng yaxshi o’quv adabiyoti” Respublika tanlovida sovrinli 3-o’rinni egalladi.
2. V.Xodjiboyev “Ommaviy xizmat ko’rsatish nazariyasi elementlari” 2020 yilda chop etildi.
3. N.Turg’unov, I.Gafarov “Chiziqli algebra va analitik geometriya” qisqa kursi. Toshkent 2021 yil.
4. O.Egamberdiyev “Matematik olimlar va matematik atamalarning lug’aviy ma’nolari”. Namangan 2021 yil.
Monografiyalar
1. V. Xodjibayev “Об асимптотике распределений, связанных с выходом случайного процесса с независимыми приращениями из интервала” 2014 yilda chop etildi.
2. Yu.Apakov “К теории уравнений третьего порядка с кратными характеристиками” 2019 yilda chop etildi.
3. O.Egamberdiyev “О некоторых некорректных задачах для абстрактного поликалорического уравнения”, Namangan 2021 yil da chop etilgan.
Kafedra tarkibi:
Juraev Abdulla Xatamovich
1983-1990 yillarda ToshDU talabasi(1984-1986 yillarda xarbiy xizmatni o’tagan), 1990-1998 yillarda Kosonsoy tumanidagi 27 maktab matematika o’qituvchisi, 1998-1999 yillarda Kosonsoy tumanidagi 27 maktab o’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, 1999-2003 yillarda Kosonsoy tumanidagi 27 maktab matematika o’qituvchisi, 2003-2009 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti oliy matematika kafedrasi asistenti, 2009-2020 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika (2017 yildan muhandislik-qurilish) instituti Oliy matematika kafedrasi katta o’qituvchisi, 2020 yilda Farg’ona davlat universiteti qoshidagi ixtisoslashtirilgan kengashda "Uchinchi va beshinchi tartibli karrali xarakteristikali tenglamalar uchun chugaraviy masalalar" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020-2021 yillar Oliy matematika kafedrasi katta o’qituvchisi, 2021 yildan Oliy matematika kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 60 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.Fizika-matematika falsafa doktori (2020 yil).
Apakov Yusupjon Pulatovich
1975 yildan Namangan davlat pedagogika institutining matematika fakultetida о‘qib, uni 1979 yilda imtiyozli diplom bilan tamomladi. 1979-1980-yillarda 37-о‘rta maktabda о‘qituvchilik qildi. 1980 yildan Toshkent politexnika instituti Namangan filialining “Oliy matematika” kafedrasida katta laborant,1981 yildan filialining xо‘jalik ishlari bо‘yicha direktor о‘rinbosari vazifasida ishladi. 1984-1985-yillarda О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida injiner, sо‘ngra kichik ilmiy hodim lavozimida ishlab, О‘z.R. FA akademigi Tо‘xtamurod Jо‘rayevich Jо‘rayev rahbarligida sirtqi aspiranturada о‘qidi. 1986-1990-yillarda О‘z.R. FA Matematika institutida ilmiy hodim lavozimida ishladi va aspiranturada о‘qishni davom ettirdi. 15.11.1989 yil О‘zR FA Matematika institutidagi ilmiy kengashda “Uch о‘lchovli fazoda aralash parabolo-giperbolik tenglamalar uchun chegaraviy masalalar” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Unga 25.11.1993 yilda dotsent ilmiy unvoni berildi. 20.10.2016 yilda О‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy kengashda “Uchinchi tartibli karrali xarakteristikali tenglamalar nazariyasiga doir va uch о‘lchovli fazodagi ayrim masalalar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1990 yildan ToshPI Namangan filiali (hozirda Namangan muhandislik-qurilish instituti) “Oliy matematika” kafedrasining katta о‘qituvchisi, 1991 yildan dotsenti, 2003 yildan kafedra mudiri, 2005 yildan dotsenti, 2017 yildan kafedra professori lavozimida ishlab kelmoqda. Uning 220 dan ortiq ilmiy maqolalarni bо‘lib, bulardan 30 dan ortig‘i nufuzli Xorijiy jurnallarda chop etilgan.
Xodjibayev Vali Raximdjanovich
1983-1987 yillarda Toshkent politexnika instituti Namangan filiali (1988 yildan Namangan sanoat-texnologiya instituti, 1998 yildan Namangan muhandislik-pedagogika instituti, 2017-yildan Namangan muhandislik-qurilish instituti) Oliy matematika kafedrasi assistenti hamda fakultet dekani muovini, 1987-2001, 2005-2016 yillar davomida Oliy matematika kafedrasining mudiri, 2000-2001 yillarda ilmiy ishlar bo’yicha prorektor, 2001-2002 yillarda Informatika fakulteti dekani, 2002-2005 yillarda institut qoshidagi “Do’stlik” akademik litseyi direktori lavozimlarida ishlagan. 2016 yildan hozirga qadar Oliy matematika kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Egamberdiyev Olimjon Mamatvaliyevich
1972-1977 yillarda - Toshkent davlat universiteti talabasi bо‘lgan.1977-1979 yillarda - Namangan davlat pedagogika instituti katta laboranti lavozimida ishlagan, 1979-1983 yillarda-Toshkent politexnika instituti Namangan filiali assistenti lavozimlarida ishlagan, 1983-1987 yy. - О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi matematika instituti aspiranti, 1987-1998 yillarda - Toshkent politexnika instituti Namangan filiali (1998 yildan muhandislik-pedagogika) instituti о‘qituvchisi, dotsenti, 1998-2001 yillarada - Namangan muhandislik-pedagogika instituti iqtisodiyot fakulteti dekan muovini, 2001-2004 yillarda - Chortoq tumani Oyqiron kasb-hunar kolleji direktori, 2004-2005 yillarda - Namangan muhandislik-pedagogika instituti oliy matematika kafedrasi dotsenti, 2005-2005 yillarda - Namangan muhandislik-pedagogika instituti informatika va elektroenergetika fakulteti dekan muovini, 2005-2021 yillarda - Namangan muhandislik-pedagogika (2017 yildan muhandislik-qurilish) instituti oliy matematika kafedrasi dotsenti. 2021 y. - h.v. - Namangan muhandislik-qurilish instituti oliy matematika kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. 60 dan ziyod ilmiy uslubiy ishlar muallifi, 1 ta monagrafiya, 2 ta о‘quv qо‘llanmalar muallifi.
Gafarov Ilgor Axmedjanovich
1982-1984 yillarda Uzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Ramanovskiy nomidagi Matemtika instituti stajur tadqiqotchisi. 1984-1987 yillar Novosibirsk Davlat Universiteti aspirant. 1987-1988 yillar Namangan shahar 31-o`rta kasb-xunar bilim yurti o`qituvchisi. 1988 yil Toshkent To`qimachilik va Yengil Sanoat Instituti Namangan filiali muhandisi. 1988-1991 yillar Toshkent politexnika instituti Namangan filiali oliy matematika kafedrasi assistenti. 1991-2003 yillar Namangan Sanoat Texnologiya Instituti (1998 yildan Namangan Muhandislik Pedagogika Instituti) oliy matematika kafedrasi dotsenti. 2003-2005 yillar Namangan Muhandislik Pedagogika Instituti Informatika fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi. 2005-2009 yillar Namangan Muhandislik Pedagogika Instituti oliy matematika kafedrasi dotsenti. 2009-2010 yillar Toshkent shahar Avandero MCHJ menejeri. 2010-2011 yillar Toshkent shahar Umidli Hamkor MCHJ hisobchisi. 2011-2012 yillar Toshkent shahar Long Sight Constracthion MCHJ bosh hisobchisi. 2012-2018 yillar Namangan Muhandislik Pedagogika (2017 yildan Muhandislik qurilish) Instituti oliy matematika kafedrasi dotsenti. 2018-2021 yillar Namangan Muhandislik Qurilish Instituti oliy matematika kafedrasi mudiri. 2021 yildan h.v. Namangan Muhandislik Qurilish Instituti oliy matematika kafedrasi dotsenti. 2 ta uquv qullanma va 60 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.
Irgashev Bahrom Yusuphanovich
1994 yilda Toshkent Davlat universitetini (Hozirda Milliy Universitet) bitirgan, 1994-2006 yillarda Bank tizimida ishlagan. 2007-2009 yillarda NamMPI “Oliy matematika” kafedrasi assistenti, 2009-2010 yillarda O’zR FA ning "Matematika va informatsion texnologiyalar" instituti aspiranti, 2011-2018 yillarda "Oliy matematika" kafedrasining katta o’qituvchisi, 2019-2021 yillarda NamMQI doktoranti, 2022 yiildan "Oliy matematika" kafedrasining dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. 50 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi. Fizika-matematika fanlari nomzodi (2010 yil).
Bunazarov Xusniddin Kamoldinovich
1985-1992 yillarda Toshkent davlat universiteti talabasi, 1986-1988 yillarda Harbiy xizmatni tamomlagan, 1992-1993 yilda Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti stajyor tadqiqotchisi, 1993-1994 yilda Namangan shahridagi 55- o’rta ta’lim maktabida o’qituvchi, 1994-1996 yillarda Namangan shahridagi akademik litsey o’qituvchisi, 1996-2008 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti qoshidagi Do’stlik akademik litsey o’qituvchisi, 2008 yildan Namangan muhandislik-pedagogika (2017 yildan muhandislik-qurilish) instituti "Oliy matematika" kafedrasining katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Bir nechta ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Pulatova Xalima Xoshimovna
1990-1995 yillarda ToshdU (О‘zbekiston Davlat Milliy universiteti) talabasi, 1995-1996 yillarda Namangan muhandislik texnologiya instituti oliy matematika kafedrasi laboranti, 1997-2003 yillarda Namangan viloyati о‘qituvchilarni malaka oshirish institutida matematika fani bо‘yicha metodist, 2003-2012 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti Oliy matematika kafedrasi kabinet mudiri, 2012-2018 yillarda kafedra assistenti, 2018-yildan hozirgacha kafedra katta о‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 30 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Karimova Shalola Musaevna
1990-1995 yillarda NamDU talabasi, 1996-2001 yillarda To’raqo’rg’on tumanidagi № 17 –o’rta maktabda matematika o’qituvchisi, 2001-2003 yillarda Namangan muxandislik – pedagogika instituti Oliy matematika kafedrasi kabinet mudiri vazifasida, 2003-2018 yillarda Oliy matematika kafedrasi assistenti, 2019 yildan buyon hozirgacha kafedrada katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 25 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Sheraliyev Ikromjon Ibroximovich
2004-2008 yillarda NamDU talabasi, 2008-2010 yillarda NamDU magistiranti, 2010-2011 yillarda “Oliy matematika” kafedrasi assistenti, 2011-2012 yillarda O’zR FA ning "Matematika va informasion texnologiyalar " instituti aspiranti, 2012-2014 yillarda O’zMU qoshidagi “Matematika” institutida katta – limiy xodim izlanuvchi, 2015 yildan "Oliy matematika" kafedrasining katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 20 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Juraev Olim Kamoliddinovich
2006-2010 yillarda NamDU talabasi, 2010-2012 yillarda NamDU magistiranti, 2012-2017 yillarda "Oliy matematika" kafedrasining kabinet mudiri, 2017 yildan "Oliy matematika" kafedrasining o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 20 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Rahmanov Akramjon Axmadjanovich
1991-1997 yillarda NamDU talabasi. 1997 yildan 2002 yilga qadar Namangan viloyati Uychi tumanidagi 27 – maktabda matematika fani o’qituvchisi, 2002-2009 yillarda Namanga nviloyati aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab – internatida matematika va informatika fani o’qituvchisi, 2009-2017 yillarda Namangan davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyi matematika va informatika fani o’qituvchisi, 2017-2018 yillar oralig’ida IIV Namangan akademik litseyi matematika fani o’qituvchisi, 2018 yil dan hozirga qadar NamMQI “Oliy matematika” kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 1 ta patent va 10 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Eshmatov Davron Abduvaxobovich
2004-2008 yillarda NamDU talabasi, 2008-2010 yillar NamDU magistranti. 2010-2019 yillarda Namangan shahar 2-DIMI da o'qituvchi bo'lib ishlagan. 2019 yil avgust oyidan beri NamMQI da oliy matematika kafedrasida o'qituvchi lavozimida ishlamoqda. 10 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Homidov Qahramon Abdullajonovich
1987-1992 yillarda ToshDU talabasi, 1992-1993 yillarda Namangan viloyati iqtidorli bolalar maxsus maktab internat litseyi fizika o’qituvchisi, 1993-1995 yillarda “Hisoblash texnikasi” kafedrasi assistenti, 1996-1999 yillarda O’zR FA ning M.T.O’rozboyev nomli "Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi" instituti kunduzgi bo’lim aspiranti, 1999-2000 yillarda mazkur institutning kichik ilmiy xodimi, 2000 yilda O’zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi ixtisoslashtirilgan kengashda "Gazli suyuqlik aralashmasi harakatida gaz pufakchalari deformatsiyasini hisobga olgandagi gidrodinamik effektlar" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-2001 yillar "Hisoblash texnikasi" kafedrasining katta o’qituvchisi, 2001-2006 yillarda "Hisoblash texnikasi" kafedrasi mudiri, 2006-2015 yillarda kafedra dotsenti lavozimlarida ishlab keldi. 2015-2018 yillarda kafedra dotsenti lavozimida ishlagan. 2018-yildan "Materiallar qarshiligi va mexanika" kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 56 ta ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Meliqo’ziyeva Dilshoda Muxtorjon qizi
2009-2013 yillarda O’zMU ning Mexanika-matematika fakulteti matematika yo’nalishi talabasi, 2013-2015-yilda shu fakultetning “Differensial tenglamalar” kafedrasi magistranti. 2015-2016 yillarda Toshkent shahridagi ToshMI qoshidagi 2-son akademik litseyida matematika o’qituvchisi, 2017-2019 yillarda Namangan shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabida oliy toifali matematika o’qituvchisi hamda 2020 yildan buyon NamMQIning Oliy matematika kafedrasida o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 10 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Xamitov Azizbek Ahmadjon o’g’li
2013-2017 yillarda Namangan davlat universiteti talabasi, 2017-2018 yilda Chortoq tuman 40- umumiy o’rta ta’lim maktabida matematika fani o’qituvchisi, 2018-2020 yillarda Namangan davlat universiteti “Differensial tenglamalar va matematik fizika” yo’nalishi magistranti, 2020 yildan hozirgi kungacha “Oliy matematika” kafedrasining stajyor-o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 10 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Burxonova Zulxumor Atavali qizi
2012-2016- yillarda Nam DU talabasi. 2016-2018- yillarda Uchqo'rg'on tuman 13- sonli maktabda o'qituvchi. 2018-2020 -yillarda NamDU magistranti 2021-dan hozirda Namangan Muhandislik Qurilish Instituti Oliy Matematika kafedradi stajyor- o'qituvchisi. 7 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Xasanov Shohzodbek Mo’minjon o’g’li
2012-2016 yillarda NamDU matematika yo’nalishi talabasi, 2016-2019 yillarda Mingbuloq tumanidagi 6-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi, 2019-2021 yillarda NamDU “Differensial tenglamalat va matematik fizika” yo’nalishi magistranti, 2021-yildan Namangan muhandislik qurilish instituti “Oliy matematika” kafedrasi stajor o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 10 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.
Ibroximov Xusniddin Komiljon o’g’li
2015-2019 yillarda Namangan davlat universiteti talabasi, 2019-2021 yillar Namangan davlat universiteti magistranti. 2021 yiildan Namangan muhandislik-qurilish instituti "Oliy matematika" kafedrasi stajyor-o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 7 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.