• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:

Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi;

Yilning eng faol targʻibotchi talabasi;

Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;

Yilning eng faol sportchi talabasi;

Yilning eng faol iqtidorli talabasi;

Yilning eng faol ijodkor talabasi;

Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun). 

Tanlov nominatsiyalar boʻyicha birinchi OTM bosqichida yuqori oʻrinlarni egallagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorligʻi va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich gʻoliblari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda  bazaviy hisoblash miqdorining 1-oʻrin 15 barobari, 2-oʻrin 10 barobari va 3-oʻrin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Yil talabasi” tanlovi nizomi (https://telegra.ph/Tanlov-nizomi-09-27)

Tanlovning fakultet bosqichi 3-11-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning birinchi turi (fakultet bosqichi) da ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar o'zlari tahsil olayotgan fakultet yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlariga murojaat etishlari mumkin.

  • Share :