• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ovozli chat

2023-yil 26-may kuni (bugun) 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da navbatdagi ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

Unda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etadi hamda talabgorlarning savollariga batafsil javob beradi.

Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

  • Share :