• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Oliyaxonga tikuv mashinasi sovg‘a qilindi

NamMQI Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odiljon Jakbarov institut xotin-qizlar kengashi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti vakillari hamrohligida Yangiqo‘rg‘on tumani, Rovut mahallasida yashovchi Oliyaxon Sodiqova xonadonini yo‘qladi.

Oliyaxonning bolaligidan nogironligi bo‘lib, institut rektori Sharifjon Ergashev bilan uchrashuvi davomida tikuv mashinasi bo‘lsa uyida tikish-bichish ishlari bilan shug‘ullanish istagini bildirgan edi.

Uning istaklaridan kelib chiqib, Oliyaxonga institut nomidan Jack F5 markasidagi tikuv mashinasi stol-stuli bilan birga sovg‘a qilindi. Kelgusida o‘z kasbining yetuk ustasi, mohir tikuvchi darajasiga yetishiga tilak bildirildi.

NamMQI media markazi

  • Share :