• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

«One Million Uzbek Coders» kurslarida o‘qib turib haligacha NanoDegree haqida eshitmaganmisiz? Unda bu yangilik aynan siz uchun!

Sizga joriy yilning 22-24 noyabr kunlari NanoDegree imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi haqida maʼlum qilishdan mamnunmiz, unda eng yaxshi talabalarga NanoDegree dasturini mutlaqo bepul o‘rganish imkoniyati beriladi!

«One Million Uzbek Coders»  sertifikatlarini qo‘lga kiritganlar uchun ularning shaxsiy kabinetida ushbu imtihonda qatnashishlari uchun havola mavjud.

Agar siz hali «One Million Uzbek Coders» kurslarini tugatmagan bo‘lsangiz, hoziroq 4 ta yo‘nalishdan birini tamomlang, bitiruvchi sertifikatlarni qo‘lga kiriting va NanoDegree imtihonida ishtirok etish imkoniyatiniga ega bo'ling:

Android Developer

Data Analyst

Front End Web Developer

Full Stack Developer 

NanoDegree - bu «One Million Uzbek Coders» loyihasi doirasida ilg‘or darajadagi taʼlimni bepul davom ettirish imkoniyatidir. Kursni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, siz Google, AT&T, IBM, Autodesk, Cloudera, Salesforce va boshqalar kabi IT gigantlari tomonidan tan olingan diplomga ega bo‘lishingiz mumkin, shuningdek ishtirokchilarning taxminan 80% ish bilan taʼminlangan.

Tanlov imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish 17-noyabrgacha amal qiladi.

  • Share :