• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Ota-onalar kongressi” institut sport majmuasi bilan tanishuvdan boshlandi

Namangan muhandislik-qurilish institutida “Ota-onalar kongressi” bo‘lib o‘tdi. Uning ishtirokchilari institutning kirish qismida birinchi prorektor Odiljon Jakbarov va Mashinasozlik fakul'teti dekani Rahmatali Rustamov tomonidan kutib olindi. Ularga bugungi kun tadbiri haqida batafsil ma'lumot berildi.

Institut bilan tanishuvning ilk manzili sport majmuasi bo‘ldi. Bu yerda ularga oliy o‘quv yurtida faoliyat ko‘rsatayotgan sport to‘garaklari, talabalar safidan yetishib chiqqan mamlakat, Osiyo va jahon chempionlari haqida hikoya qilindi.

Farzandlari professional darajada sport bilan shug‘ullanayotgan ota-onalar ularning bu yerda faoliyatlarini davom ettirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani haqidagi tafsilotlarni mamnuniyat bilan qarshi oldi.

NamMQI media markazi

  • Share :