• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Ota-onalar kongressi” ishtirokchilarini institut rektori qarshi oldi

Namangan muhandislik-qurilish institutida bo‘lib o‘tayotgan “Ota-onalar kongressi” ishtirokchilarini oliy o‘quv yurti foyesida institut rektori Sharifjon Ergashev qarshi oldi.

Rektor ota-onalarga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, institut tarixi va bugungi kuni haqida qisqacha hikoya qildi. Farzandlar tarbiyasi va ularni oliy ta'lim muhitiga singdirish bilan bog‘liq fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shundan so‘ng ota-onalar institut laboratoriyalari, axborot-resurs va axborot texnologiyalari markazlari bilan tanishdi.

Ishtirokchilar uchun kofe-breyk tashkil etildi va bu jarayon davomida ular bir-birlari bilan yanada yaqinroq tanishib olishlari uchun imkoniyat yaratildi.

NamMQI media markazi

  • Share :