• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

OTMlarga kirish imtihonlari yopiq binolarda o‘tkaziladi

2023/2024-o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olindi hamda ularning reja chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.

Bu haqda bugun Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatidagi tizimli muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma'lum qilindi.

Yig‘ilishda 2023/2024-o‘quv yili uchun respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

  • Share :