• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva institut axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdi

Institutga hududlarda maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarning borishi, kutubxonalarning bugungi kundagi holatini oʻrganayotgan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva boshchiligida ishchi guruh keldi.

Ishchi guruh aʼzolarini institut rektori Sharifjon Ergashev qarshi oldi. Oʻzaro muloqot davomida institutda axborot-kutubxona markazini boyitish borasida olib borilayotgan ishlar, jamoa orasida anʼanaga aylanib qolgan “Kutubxonaga hadya” aksiyasi haqida soʻz bordi.

Umida Teshaboyeva  institut axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishib, jamoa va talaba-yoshlar bilan muloqot qildi.

NamMQI media markazi

  • Share :