• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining birinchi forumi bo‘lib o‘tadi

Joriy yil 3-4-oktyabr kunlari Qirgʻizistonning Oʻsh shahridagi Qirgʻiz-Oʻzbek universitetida “Oliy taʼlim tizimida integratsiya, hamkorlik va innovatsiyalar” mavzusidagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi tashkil etiladi.

Forumda ikki davlat oliygohlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi va oliy taʼlim transformatsiyasi muhokama qilinadi.

Tadbirda ikki mamlakatdan 70 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari rektorlari va boshqa yirik taʼlim tashkilotlari vakillari qatnashadi.

  • Share :