• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Ortiqali Qozoqov vazir qabulida bo‘ldi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov mo‘yqalam ustasi bilan muloqotda rassomchilik yo‘nalishlari bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarida yosh iqtidorlarni yetishtirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish borasida fikr almashdi. Xususan, ko‘proq yo‘nalishga doir ko‘rik tanlovlar o‘tkazish, yoshlarning ko‘rgazmalarini tashkil qilish bo‘yicha qator takliflar bildirildi.

Vazir takliflar oliy ta’lim muassasalarida, albatta joriy qilinishini qayd etib, bugun Ortiqali Qozoqov yoshlar uchun nafaqat betakror san’at asarlar yaratgani bilan bebaho musavvir, balki milliy madaniyat va san’atimizning chinakam targ‘ibotchisi sifatida ham o‘z hissasini qo‘shib kelayotgani, uning ijodi kelajak avlod uchun katta meros bo‘lishini ta’kidladi.

  • Share :