• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashi hamda Namangan muhandislik-qurilish instituti hamkorligida ovozli chat boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, qoʻmondonlik tavsiyanomasi bilan kontrakt asosida (faqat kunduzgi ta'lim shakliga) oʻqishga qabul qilingan va Yoshlar ittifoqi tomonidan toʻlab beriladigan 35% miqdoridagi imtiyozga daʼvogar talabalar uchun maxsus ovozli chat oʻtkaziladi.

Ovozli chat Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkilotining rasmiy telegram sahifasi https://t.me/yi_nammqi da bugun, chorshanba kuni soat 20:00 da boʻlib oʻtadi.

  • Share :