• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Prezident Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi

Prezident Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqi

2024 yili BMT shafeligida “Ijtimoiy himoya: barqaror taraqqiyot sari yo‘l” butunjahon konferensiyasini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif etildi;

Majburiy va bolalar mehnatiga qarshi kurashni dunyo miqyosida kuchaytirish zarur. Bizning tajribamiz shuni ko‘rsatmoqdaki, bunga chek qo‘yish imkoni bor;

Markaziy Osiyoni tinch va gullab-yashnayotgan hududga aylantirish O‘zbekiston tashqi siyosatida bundan buyon ham ustuvor maqsad bo‘lib qoladi;

BMT huzurida Markaziy Osiyo yoshlarini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etishni taklif etildi. Uning doirasida “Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi – 2030” dasturini ishlab chiqish maqsadga muvofiq;

2024 yili O‘zbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini o‘tkazishni taklif etildi;

O‘zbekistonda YuNeSKO shafeligida Dinlararo muloqot va bag‘rikenglik xalqaro markazini tashkil etish taklif qilindi;

2024 yil O‘zbekistonda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.

  • Share :