• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Davlat rahbari yoshlar bilan muloqot qildi

Soʻzga chiqqan yigit-qizlar bir qator taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.

Jumladan, mustaqil Oʻzbekiston temir yoʻllari tashkil topganining 30-yilligiga temir yoʻl sohasida xalqaro forum tashkil qilish, Markaziy Osiyo va Turkiy davlatlar yoshlari bilan ekologik masalalarni doimiy muhokama qilish maqsadida Xalqaro kengash tuzish taklif qilindi.

Yurtimizda organik mahsulot yetishtirishni qoʻllab-quvvatlash, “Iqtidorli yosh kadrlar” elektron platformasini ishga tushirish, “Kelajak kasblari loyihasi” doirasida til oʻrganish tartibini takomillashtirish yuzasidan fikrlar bildirildi.

  • Share :