• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institut axborot-resurs markazida “Inson qadri ulugʻ, xotirasi muqaddas” nomli tadbir oʻtkazildi

Tadbirga jangchi faxriy va nogironlar birlashmasi rais oʻrinbosari Gʻofurjon Adashev, shu birlashma a'zosi Muhammad Nurmuhammedov, bojxona fahriysi Ahmadjon Soliyev taklif etildi.

Tadbirni Yoshlar masalalari hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Odiljon Jakbarov ochib berdi va bugungi dorilomon kunlar qadri, tinchlik-osoyishtalikni koʻz qorachigʻidek asrash zarurligi haqida gapirdi.

Mehmonlar soʻzga chiqib, oʻzlari ishtirok etgan Afgʻonistondagi harbiy harakatlarni esga oldi, ushbu qora kunlar aslo qaytib kelmasligiga tilak bildirdi.  

Tadbir yakunida talabalar faxriylar bilan muloqotda boʻlib, ularga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan yuzlandi. 

  • Share :