• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI sport majmuasida voleybol boʻyicha xotira turniriga start berildi

Turnirni institut rektori ochib berdi. U ushbu musobaqa institutda faoliyat koʻrsatib, hayotdan koʻz yumgan ustozlar xotirasiga bagʻishlangani, ularning yodi doim qalblarda ekanligini taʼkidladi.

Marhum ustozlarning farzandlari soʻz olib, oilalariga koʻrsatilgan hurmat uchun minnatdorlik bildirdi.

Shundan soʻng qurʼa tashlanib, institut fakultet va boʻlimlari oʻrtasidagi musobaqalar boshlandi.

  • Share :