• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI dekan o'rinbosari Nozimjon Ortiqovninng darsligi chop etildi

Institut Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekan o'rinbosari Nozimjon Ortiqovning “Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi”  nomli darsligi chop etildi.

Darslik yakka mualliflikda tayyorlangan.

Ushbu darslik oliy oʻquv yurtlarining Transport vositalari muhandisligi bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oluvchi talabalari uchun mo‘ljallangan.

Darslikda mashinasozlikda qo‘llaniladigan detallar, buyumlar va konstruksiyalar uchun ishlatiladigan materiallar, ularning tabiatda uchrashi, olinishi, shuningdek, detal va buyumlar tayyorlash texnologiyalari ko‘rib chiqilgan.

Ushbu kitob bir qancha nushalarda muallif tomonidan institut axborot-resurs markaziga taqdim etildi.

  • Share :