• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Tomsk politexnika universiteti dotsenti Ruslan Ufa institut mehmoni boʻldi

Safar davomida mehmon institut professor-oʻqituvchilarini universitet faoliyati bilan tanishtirdi. Energetika boʻyicha taʼlim jarayonlarida qoʻllanilayotgan yangiliklar yuzasidan master-klass oʻtdi hamda institutning 3-kurs talabalari uchun oʻquv mashgʻulotlari olib bordi.

Shuningdek, institut huzuridagi akademik litsey bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Mehmon bilan muloqotlar davomida ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlikda kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish va professor-oʻqituvchilar stajirovkalarini yoʻlga qoʻyish borasida muzokoralar olib borildi.

Maʼlumot uchun, Tomsk politexnika universiteti dunyo reytingida top-500 talikdan oʻrin egallagan.

  • Share :