• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Sharofiddin Isaboyevning “Qurilish mexanikasi” darsligi taqdimoti oʻtkazildi

Institut axborot-resurs markazida Materiallar qarshiligi va mexanika kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Sharofiddin Isaboyevning “Qurilish mexanikasi” nomli darsligi taqdimoti oʻtkazildi.

Darslik ikki qismdan iborat boʻlib, ikkinchi qismi dotsent Xorisboy Alimov bilan hammualliflikda tayyorlangan. Ushbu darslik oliy oʻquv yurtlarining texnika va qurilish yoʻnalishlari talabalari uchun moʻljallangan.

Taqdimotda soʻz olganlar darslikda nazariy maʼlumotlar bilan birga amaliy ahamiyatga ega boʻlgan jihatlar ham qamrab olingani, darslik QR-kodlar bilan taʼminlangani uning yoshlarga tezroq yetib borishi uchun xizmat qilishini taʼkidladi va muallifni kitob chop etilgani bilan tabriklashdi.

Yakunda Sharofiddin Isaboyev soʻz olib, taqdimotda ishtirok etganlar va fikr bildirganlarga oʻz tashakkurini izhor etdi.

  • Share :