• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Oʻzbekgidroenergo” boshqaruvi raisi hamkorlik uchun institut mutasaddilariga minnatdorlik bildirdi

“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Norin daryosi hududida umumiy quvvati 228 megavatt boʻlgan GESlar kaskadi barpo etilmoqda.

Ushbu obyektda Namangan muhandislik-qurilish institutining 30 nafarga yaqin talabasi ham amaliyot oʻtadi. Ularga bu uchun uchun jamiyat tomonidan 1,5 mln soʻmdan, ustozlariga esa 3 mln soʻm toʻlab  berildi.

“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Abdugʻani Sanginov Norin GESlar kaskadida boʻlib, ishlarning borishi bilan tanishdi, mutasaddilar bilan muloqotda boʻldi.

Muloqotda Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori, prorektorlar, Energetika va Qurilish fakulteti dekanlari ham ishtirok etdi.

Boshqaruv raisi ularga yaqindan hamkorlik uchun minnatdorlik bildirib, bu davlat rahbari tomonidan taʼkidlangan muhandis kadrlar tayyorlashda korxona-tashkilotlar bilan uzviy aloqalar bogʻlash boʻyicha vazifalarga hamohang ekanligini bildirdi.

  • Share :