• Davlat ramzlari
  • Sayt xaritasi

Namangan Muhandislik Qurilish Instituti


NAMANGAN MUXANDISLIK-QURILISH INSTITUTIGA O‘QISHGA MARXAMAT!

NAMANGAN MUXANDISLIK-QURILISH INSTITUTIDA 2021/2022 O‘QUV YILI QABULI JARAYONI BO‘YICHA
NAMANGAN MUXANDISLIK-QURILISH INSTITUTIGA O‘QISHGA MARXAMAT!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 iyundagi “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-5157-sonli qaroriga asosan, Namangan muxandislik-qurilish instituti qabul kvotalari quyidagicha tasdiqlangan:
Namangan muxandislik-qurilish institutining 2021/2022 o‘quv yili qabul parametrlari
2020/2021 o‘quv yilida institut qabul kvotasi 2113 tani tashkil etgan bo‘lib, 2021/2022 o‘quv yilida bu ko‘rsatkich 338 taga (kunduzgi ta'lim shakli 150 taga, sirtqi ta'lim 125 taga va magistratura mutaxasisligi 63 taga) ortdi. Davlat grantlari soni 215 ta ko‘paydi (kunduzgi ta'lim shaklida 169 taga, magistratura mutaxassisliklarida 46 taga).
Namangan muxandislik-qurilish institutida joriy yil quyidagi yangi ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxasisliklari ochildi. Jumladan,
Kunduzgi ta'lim shaklida
- Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo‘yicha);
- Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi.

Sirtqi ta'lim shaklida
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
- Buxgalteriya hisobi va audit(tarmoqlar bo‘yicha);
- Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha);
- Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish.

Magistratura mutaxassisliklari
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
- Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
- Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
- Korporativ boshqaruv;
- Avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi;
- Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha);
- Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha);
- Intelektual muxandislik tizimlari (yer usti transport tizimlari);
- Shahar yo‘llari va ko‘chalari;
- Qishoq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish;
- Harakat xavfsizligi va uni tashkil etish (transport turlari bo‘yicha).

2021/2022 o‘quv yilida abiturientlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida qabul jarayonlariga kiritilgan o‘zgarishlar, abiturientlarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, onlayn xujjat topshirish tartiblari, institutda mavjud ta'lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklar va ularning qabul kvotalari soni, shuningdek, talabalar o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) masalalari bo‘yicha Call center (markaz telefon raqami (69) 234 05 64)) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Markaz har kuni (yakshanba dam olish kuni) soat 9:00 dan 18:00 gacha faoliyat olib bormoqda.

Qabul komissiyasi


Foydali havolalar

image
image
image
image
image
Top reyting www.uz © 2017 - 2021. NamMQI - Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan ma`lumotlardan foydalanilganda veb-saytga havola qilish majburiy.