• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Qadring baland bo'lsin, ona tilim

Namangan muhandislik-qurilish instituti  Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti tomonidan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida tadbir tashkil etildi.Tadbirni Sanoatni axborotlashtirish fakulteti dekani A.Qaxxarov, Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti dekani F.Nishonovlar kirish so'zi bilan ochib berdilar. Shuningdek, tadbirda shoira, Do'stlik ordeni sohibasi D.Ergasheva,  Namangan viloyati pedagoglarni  yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va tillarni o'qitish metodikasi kafedrasi ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi N.Nuriddinova, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri S.Abdullayeva, Iqtisodiyot kafedrasi katta o'qituvchisi A.Kamolov, Chet tillar kafedrasi katta o'qituvchisi D.Inomiddinova, iqtidorli talabardan A.Muhtorjonov, Sh. G'ulomjonovalar so'zga chiqib, onatilimizning tarixi, bugungi taraqqiyoti va istiqbolli kelajagiga doir mulohazalarini bildirdilar, she'rlar o'qidilar. Tadbir tashkilotchilari Tadbir tashkilotchilari Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti Ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari  A.Dehqonov, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi D.Shermatova va o'qituvchilar X.O'rinboyeva, Sh.Dadabayevalar sa'y-harakatlari bilan tadbirga tayyorlangan faol talabalar tomonidan  ona tiliga, onaga, vatanga bag'ishlangan she'rlar o'qildi. Shuningdek, talabalar tomonidan qo'shiq va raqslar ijro etildi. Fakultetning bir qator faol talabalari taqdirlandilar.

  • Share :