• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Qirgʻiziston Xalqaro innovatsion texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Qirgʻiziston Xalqaro innovatsion texnologiyalar universiteti  rektori, professor Ulugʻbek Begaliyev Namangan muhandislik-qurilish institutiga keldi.

Mehmon bu yerda NamMQI rektori Sharifjon Ergashev bilan uchrashdi va muloqotda boʻldi.

Rektorlar tomonidan oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hujjatda taʼlim va ilm-fan sohalarida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalari koʻzda tutildi.

Memorandumni imzolash jarayoni NamMQI 7-binosida boʻlib oʻtdi. Tadbirda Qurilish fakulteti mutasaddilari ishtirok etdi.

  • Share :