• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Qozogʻistonlik professorlar rektor bilan muloqotda boʻldi

Qozogʻistonlik professorlar rektor bilan muloqotda boʻldi

Institut rektori Sharifjon Ergashev Olmaotadagi Satbayev universiteti professori, akademik Kenjabek Akmalayuli, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti professori, akademik Bakitjan Sarsenbayev va ushbu universitet dotsenti Jumadilla Aldiyarovlarni qabul qildi.

Oʻzaro muloqot davomida oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini jadallashtirish, hamkorlikda ilmiy loyihalar va grantlarga qoʻl urish kabi qator masalalar qayd etildi.

Bu borada, xususan, Janubiy Qozogʻiston universiteti bilan aloqalar yuqori darajada ekanligi alohida qayd etildi va  Satbayev universiteti bilan ham shunday rishtalar bogʻlanishiga umid bildirildi.  

NamMQI media markazi

  • Share :