• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Qurilish fakultetida «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohibi bilan muloqoti tashkil etildi

Tadbirda fakultet dekani Muxtorjon Mansurov so‘z olib, talabalarga «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni sohibi Sherzod Sherovni tanishtirdi.  

Sherzod Sherov Qurilish fakulteti muhandislik komunikasiyalari qurilishi va montaji yo‘nalishida tahsil olgan bo‘lib, hozirda Kosonsoy tumanidagi «AS Group Tex» mas'uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.      

Sobiq bitiruvchi tadbirkorlikka ilk qadami, bugungi kunda erishgan yutuqlari, bu yo‘lda bilim va mehnatning ahamiyati haqida hikoya qildi. Talabalarning savollariga atroflicha javob berdi.

  • Share :