• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Qurilish fakultetining sport majmuasi foydalanishga topshirildi

Ochilish marosimida institut rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari, faxriylar va fakultet jamoasi ishtirok etdi.

Ramziy lenta qirqilib, mehmonlar sport majmuasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Ushbu majmua “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 1,3 mlrd soʻm mablagʻ evaziga bitkazilgan boʻlib, unda yengil atletika, futbol, basketbol va voleybol bilan shugʻullanish uchun imkoniyatlar mavjud.

Shu yerning oʻzida fakultet jamoasining mini-futbol boʻyicha tayyorgarligi koʻrikdan oʻtkazildi.

NamMQI media markazi

  • Share :