• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Qurilish faultetida yana bir dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtdi

Institut huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/01.04.2023.T.90.02 raqamli ilmiy kengashning 05.09.05–“Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi boʻyicha Fargʻona politexnika instituti tayanch doktoranti Ahadjon Ahmedovning “Oʻzbekiston sharoitida yuqori deformatsiyaga chidamli modifikatsiyalangan asfalt-beton qoplamalar” mavzusidagi texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtdi.

Himoyaga NamMQI rektori Sharifjon Ergashev tashrif buyurib, ilmiy kengash ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Dissertatsiya himoyasi NamMQI 7-oʻquv binosida tashkil etildi. Unda Qurilish fakulteti olimlari, doktorantlari, soha olimlari hamda mehmonlar  ishtirok etdi.

Mazkur himoya sohadagi va mazkur ilmiy kengashda koʻrilgan ikkinchi himoya boʻlganligi barchani quvontirdi.

Dissertatsiya ishi muhokamasida juda koʻp savol-javoblar boʻlganligi mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.

  • Share :