• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Rahbarlik va liderlik qobiliyatlarini oshirish uchun Janubiy Koreya xalqaro stipendiyasi

Janubiy Koreyadagi GIST xalqaro stipendiyasi xorijiy mamlakat talabalari uchun qabulni e'lon qildi. 

GIST nufuzli tadqiqot universiteti bo‘lib, Janubiy Koreyada 4-o‘rinni egallaydi va rahbarlik hamda yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatlarni taklif qiladi.

GIST stipendiyasi - turli akademik sohalarda, magistratura va PhD dasturlari uchun to‘liq moliyalashtirilgan stipendiya dasturi hisoblanadi. 

GIST stipendiyasi quyidagilarni qoplaydi:

magistratura talabalari uchun 140 000 von, PhD talabalari uchun 295 000 von oylik stipendiya;

tibbiy sug‘urta narxining 60 foizi;

yillik tibbiy ko‘rik;

aviachipta xarajatlarini qoplaydi. 

Shuningdek, ilmiy faoliyat olib borish uchun har yili magistrlar uchun 4 820 000 von va PhD uchun 11 480 000 von miqdorida qo‘shimcha to‘lovlar olish mumkin.

Dedlayn: 15 oktyabr

  • Share :