• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam olinadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini maʼlum qildi.

Shunga ko‘ra:

10-aprel, chorshanba — Ramazon hayiti kuni;
11-aprel, payshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
12-aprel, juma — 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
13-aprel, shanba — barcha uchun ish kuni;
14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

Qo‘shimcha dam olish kunlari 2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilangan.

  • Share :