• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Rektor ijarada yashovchi talabalarning xonadonini yo‘qladi

Namangan muhandislik-qurilish institutida bugungi kunda 1000 nafardan ortiq talaba ijara xonadonlarida istiqomat qilmoqda. Institut mutasaddilari va tyutorlar tomonidan ushbu xonadonlardan xabar olish, uy egalari va talabalar bilan muloqotda bo‘lish an'ana tusiga kirgan.

Institut  rektori Sharifjon Ergashev Yangi Namangan tumani, Furqat mahallasi, G‘ayrat ko‘chasidagi xonadonda istiqomat qiluvchi Transport fakul'teti talabalarini  yo‘qladi.

Uy egalari bilan suhbat davomida talabalar yashashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan qiziqildi. Ularga ajratilgan xonalar ko‘zdan kechirildi.

Talabalar bilan muloqot davomida o‘qish jarayoni, ijara to‘lovlari borasidagi imtiyozlardan foydalanish holati so‘raldi. Ularni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar berildi. 

NamMQI media markazi

  • Share :