• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Rektor Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalariga dars o‘tdi

    Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti birinchi kurs talabalariga dars o‘tdi. 

Dars “Ta’lim sifatini ta’minlash jarayonlarini elektron ta’lim boshqaruv tizimi orqali nazorat qilish” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda ta’lim boshqaruv tizimining zamonaviy uslublari haqida yoshlarga batafsil ma’lumot berildi.

   Shuningdek, talabalarga kredit-modul tizimi, institut ichki tartib-qoidalari haqida tushunchalar berib o‘tildi. Ularning mavzu yuzasidan savollariga atroflicha javoblar berildi. 

NamMQI media markazi

  • Share :